Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida jahon rekordi qayd etildi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.
Samarqanddagi o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 2002 yil tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatining qizlar o‘rtasidagi bahslarida, -64 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etayotgan Kumushxon Fayzullayeva dast ko‘tarishda 97 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda musobaqa oltin medali bilan bir qator mazkur vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasidagi jahon rekordini yangiladi.
Yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, o‘smirlar o‘rtasida olimpiada chempioni bo‘lgan Fayzullayeva siltab ko‘tarishda 121 kg, jami 218 kg natija bilan o‘z vazn toifasida tengsiz deb topildi.
Ma’lumot uchun, o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida yigitlar va qizlar o‘ntadan vazn toifasida bahs yuritishdi. Besh kun mobaynida o‘tkazilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 250 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar ishtirok etishdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda