Superliganing 3-turi doirasidagi "So‘g‘diyona" - "Surxon" (0:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Sergey Lushan mag‘lubiyatdagi barcha javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.
Matbuot anjumanida barcha mas’uliyat va javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan mutaxassis rahbariyatning har qanday qaroriga tayyor ekanligini bildirgandi.
Uchrashuvdan keyin jizzaxlik ishqibozlar internet tarmoqlarida tarqalib ketgan Lushanning iste’fosi bilan bog‘liq turli xil xabarlar yuzasidan bizga qator murojaatlar qilishdi.
Shu boisdan nashrimiz jurnalisti "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan bilan bog‘landi va vaziyatga oydinlik kiritdi.
Lushanning Shahboz Beg‘amovga ma’lum qilishicha, mutaxassis "Surxon"dan uchralgan mag‘lubiyat javobgarligini o‘z zimmasiga olgan. Bunday o‘yin va natija uchun muxlislardan uzr so‘raydi. Biroq internet tarmoqlarida tarqalib ketgan asossiz va turli mish-mish xabarlar haqiqatdan yiroqligini ta’kidladi.
Ya’ni, ayni paytda Lushan rasman "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi sanaladi. Hozircha klub rahbariyati mutaxassisni iste’foga chiqargani yo‘q. Murabbiyga mazkur masala bo‘yicha hech kim bog‘lanmagan. Uchrashuvdan iste’fo haqida hech qanday gap-so‘z bo‘lmagan. Murabbiy shunchaki matbuot anjumanida rahbariyatning har qanday qarorini qabul qilishga tayyorligini bildirgan xolos. Lushan uning jamoadagi kelajagi rahbariyat tomonidan erta yoki indin hal bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Qayd etish kerakki, "So‘g‘diyona" rahbariyati Lushanga jamoa yangi mavsumda kuchli oltitalikka kirishini vazifa qilib belgilagan.
Eslatib o‘tamiz, "So‘g‘diyona" joriy mavsumdagi dastlabki o‘yinni Jizzaxda "Bunyodkor"ga (2:1) qarshi o‘tkazdi va g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda esa Qarshida "Nasaf"ga (1:3) imkoniyat boy berildi. Bugun esa Jizzaxda "Surxon" "So‘g‘diyona"dan (0:3) ustun keldi. Ayni paytda "So‘g‘diyona" turnir jadvalida 3 ochko to‘plagan holda 10-o‘rinda bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi