O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (4:0) so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper matbuot anjumanida ishtirok etmoqda.
"Meni mamnun etgan narsa, yangi futbolchilarni kuzatib oldik. Shu bois ularning o‘yini o‘xshamasligi mumkin, ammo men ulardan qoniqdim. Xursandman, yangi futbolchilar natijaga ham o‘z hissasini qo‘shishdi.
O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, pressing ba’zida o‘xshadi, ba’zida yo‘q. O‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdan maqsad yangi futbolchilarni sinab olish.
Men raqib jamoa futbolchilarining xatosi haqida biror narsa deya olmayman. Gol urilgan vaziyatlar ham aynan bizning pressingimiz samarasi bo‘ldi. Kuchli raqiblar xatolarni kechirishmaydi. Agarda, Shimoliy Koreya hujum qila olmagan bo‘lsa, futbolchilarimni tabriklasam bo‘ladi. Biroq natija meni alday olmaydi.
Bu qadar ko‘p muxlis keladi deb o‘ylamagan edim. Hayron qoldim. Ularning qo‘llab-quvvatlashi ham bugun futbolchilarga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi.
Oldinda Suriyaga qarshi o‘yin kutib turibdi va yangiliklarni sinab ko‘rish uchun vaqt yetarli. Ayrim futbolchilar klublarda yaxshi o‘ynashadi. Ular buni terma jamoada ham amalga oshirishlari kerak. Futbolchilar qancha ko‘p gol ursa, men bundan xursand bo‘laman. Raqobat bizga juda foydali bo‘ladi", - dedi argentinalik mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!
“O‘zgidromet” 11 may kuni yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor hududlarni ma’lum qildi
Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi