Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi (1:2) o‘yindan so‘ng jizzaxliklar ustozi Ulug‘bek Baqoyev uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Rostini aytsam, Qo‘qondagi o‘yin qiyin bo‘lishini oldindan bilgandik, chunki mezbonlarning turnir jadvalidagi o‘rnidan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkin edi. Kutilganidek uchrashuv murakkab tarzda kechdi. G‘alabaga osonlikcha erishganimiz yo‘q. Qo‘qonliklar bugun yaxshi o‘ynashdi. Futbolchilar maydonda borlarini berib to‘p surishdi. Raqibimiz yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmagani bizga qo‘l keldi.
Qolaversa bunday issiq havoda to‘p tepish oson emas. Futbolchilarim yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishdi. Futbolda gol urgan jamoa yutadi. Bugungi o‘yin uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. “Qo‘qon-1912” jamoasiga keyingi bahslarda omad tilayman", - deb Baqoyevning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi