23:00 / 07.09.2019
3 182

Dastin Pore: "Habib bilan bo‘ladigan jangda barcha meni hisobdan chiqarmoqda"

Dastin Pore: "Habib bilan bo‘ladigan jangda barcha meni hisobdan chiqarmoqda"
Foto: Yandex Photos
UFC yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempion Dastin Pore Habib Nurmagomedovga qarshi jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Menga har doim katta bosim o‘tkazishadi, biroq, o‘ylashimcha, hozirda bosim Habibda ko‘proq.

Meni barcha hisobdan chiqarib qo‘ydi, shu sabab harakatlarim hamma o‘ylaganidan yaxshiroq bo‘ladi. Habib esa yuqori saviyada turibdi, u kutilganlarni isbotlash uchun oktagonga chiqishi va ustunlikka ega bo‘lishi kerak.

Agar u yutqazadigan bo‘lsa, o‘sishda davom etadi. Menimcha, u shunday yigitlardan. Biroq hozircha bunday bo‘layotgani yo‘q. Mening rejam — uni mana shu holga solish.

Agar Habibni yengsam, u holda ketma-ket ikkinchi chempionni qulatgan bo‘laman, birinchisi Maks Hollouey edi. Men bu imkoniyatdan foydalanmoqchiman», — deydi Pore.

Eslatib o‘tamiz, Habib va Pore o‘rtasidagi jang 7 sentyabr, shanba kuni Abu Dabida bo‘lib o‘tadi. Jang kechasi Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi. Habib ishtirokidagi jang esa 01:00 da boshlanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dastin Pore: "Habib bilan bo‘ladigan jangda barcha meni hisobdan chiqarmoqda"