U-16 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi Hindiston - O‘zbekiston (1:1) uchrashuvidan keyin Azamat Abduraimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Hindiston bilan uchrashuv haqida fikrlaringiz...
- Bugungi o‘yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘z shogirdlarimni yaxshi o‘yin bilan tabriklayman. Afsuski o‘tkazib yuborilgan gol mantiqiy emasdi. Sababi tashabbus biz tomonda edi va birinchi taymda juda ko‘p standart vaziyatlardan foydalana olmadik. Hindiston guruhdagi ikki o‘yinda 5tadan gollar urishgani haqida ko‘p gapirildi, ammo bugun darvozabonimiz xato qilmaganda biz umuman gol o‘tkazmasdik.
- O‘yinni ko‘rmaganlar qanday qilib Hindistonni yuta olmadik deb o‘ylashadi...
- Hindistonni kuchsiz deb hisoblamayman, sababi ular bizning guruhda birinchi savatchada edi. Kimni yodida bo‘lmasa O‘zbekistonning na yoshlar, na o‘smirlar terma jamoalari oldingi Osiyo chempionatiga chiqa olmagandi. Shu bois biz mana shu yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish va vatanimiz obro‘sini tiklashimiz kerak. Balki bizning jamoamizda yorqin ijrochilar yo‘qdir, ammo xarakter bor. Masalan, o‘tgan o‘yinda hisobda ortda qolib yakunda g‘alaba qozonib ketgandik. O‘z shogirdlarim bilan faxrlanaman.
- Guruhda eng qiyin o‘yin bugun bo‘ldimi?
- Bugun biz uchun hayot va mamot o‘yini bo‘ldi. Biz bugun durangga emas g‘alaba uchun o‘ynadik. G‘alaba qozonib yigitlar futbol o‘ynay olishlarini isbotlamoqchi edik.
- 7 ochko Osiyo chempionatiga chiqish uchun yetarli bo‘ldimi?
- 7 ochko bilan Osiyo chempionatiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibmiz. Birozdan keyin boshqa guruhdagi o‘yinlar tugagach buni aniq bilib olamiz. Ochig‘ini aytaman saralash boshlanmasdan oldin qit’a chempionatiga chiqishimizga ishonganman, biroq bugun g‘alaba qozonamiz deb kutgandim.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi