Bugun Rossiya chempionati 15-turidan o‘rin olgan "Krasnodar" - "Rostov" uchrashuvi o‘tkazildi. Murosasiz bellashuvda mehmonlar ikki to‘p farqidagi g‘alabani qo‘ldan boy berishdi.
Dastlab Eldor Shomurodov sherigi Ionovga juda qulay tarzda to‘xtatib berdi. Ionov esa darvozani ishg‘ol etdi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Ionov jarima maydoni ichidagi mezbonlar himoyachilariga tegib qaytgan to‘pni to‘rga yo‘llab, dublga erishdi.
Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar 2 ta gol urib, durangga erishishdi. Gollarga Ignatev hamda Spayich mualliflik qildi.
"Krasnodar" - "Rostov" 2:2
Gollar: Ignatev - 90+2, Spayich 90+4 - Ionov 34, 41
"Krasnodar": Safonov, Martinovich, Ramires, Petrov, Spayich, Olsson (Utkin, 46), Vilena, Fernandesh (Namli, 72), Suleymanov, Ari, Berg (Ignatev, 75).
"Rostov": Baburin, Kozlov, Chistyakov, Chernov, Xajikadunich, Popov (Zaynutdinov, 68), Glebov (Sigurdsson, 86), Ionov, Yeremenko, Bayramyan (Saplinov, 79), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Popov (53), Yeremenko (57), Chistyakov (63), Zaynutdinov (77). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi