12:40 / 03.12.2019
2 876

“Dinamo” katta loyihaga qoʻl urmoqda. Endi jamoani ispaniyalik murabbiy boshqaradi

“Dinamo” katta loyihaga qoʻl urmoqda. Endi jamoani ispaniyalik murabbiy boshqaradi
Samarqandning “Dinamo” klubi va akademiyasi ispaniyalik mutaxassislar bilan hamkorlikni boshlash arafasida. Bu haqda “Sport” TV sharhlovchisi Bobur Akmalov telegramdagi oʻzining sahifasida maʼlum qildi.

El Golazo loyixasi muallifi Zokirjon Xoliqov va Real Madrid fondiga shahardagi futbol akademiyasi va “Dinamo” boshqaruvi topshirilishi arafasida. Real Madrid Fondeyshn “Dinamo” murabbiyligiga Italiya va Argentina pasportiga ega mutaxassis Andres Roberto nomzodini tavsiya qilmoqda.

Robertoga murabbiylar shtabidan Zokirjon Xoliqov oʻrin olishi mumkin. Shuningdek, “Sherdor” klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorovga ham taklif berilishi kutilmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Andres Robertoni maoshining yarmini Real Madrid bilan yaxshi aloqalarga ega “Al Maktum” fondi toʻlab beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Dinamo” katta loyihaga qoʻl urmoqda. Endi jamoani ispaniyalik murabbiy boshqaradi