14:13 / 04.12.2019
3 219

“Paxtakor” stadionidagi bugungi oʻyinga Alisher Usmonov kelishi kutilmoqda

“Paxtakor” stadionidagi bugungi oʻyinga Alisher Usmonov kelishi kutilmoqda
Bugun, 4 dekabr kuni 63 yillik tarixga ega Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida soʻnggi rasmiy uchrashuv oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston liga kubogi finali doirasida AGMK - “Paxtakor” jamoalari nufuzi boʻyicha uchinchi turnir sanalmish liga kubogi uchun kurash olib borishadi. Mazkur oʻyin soat 16:00 da “Paxtakor” markaziy stadionida boshlanadi. Bir otaliq homiyga ega ushbu klublar oʻrtasidagi final bahsini tomosha qilish uchun martabali mehmon – rossiyalik milliarder, Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashrif davomida “Paxtakor” stadioni oʻrniga quriladigan yangi stadion loyihasi tasdiqlanishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 3-dekabr kuni Alisher Usmonov Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining har yil oʻtkaziluvchi kongressida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax tomonidan Olimpiya qadriyatlarini doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlashi va ommalashtirishi uchun mukofotlagandi. Maʼlumotlarga koʻra, asli oʻzbekistonlik milliarder 3-dekabr kuni Yevropadan Toshkentga kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” stadionidagi bugungi oʻyinga Alisher Usmonov kelishi kutilmoqda