Hech kim tanimagan Sobiq Ittifoq bolakayi Angliyaga tashrif buyurdi va "Manchester Yunayted" muxlislarining yoqimtoyiga aylandi.
O‘tgan asrning oltinchi dekadasi so‘nggi yili 23 dekabrida tug‘ilgan Andrey Kanchelskis 10 yildan oshiqroq vaqt davomida murabbiylik bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Balki uning murabbiylik faoliyati butun dunyo futbol hamjamiyatida unchalik maqtovga sazovor bo‘lmagandir. Biroq 90-yillar boshidagi uning erishgan muvaffaqiyatlari hali hamon muxlislar va jurnalistlar tomonidan qadrlanib kelinadi. Barcha muxlislar uning qanchalik tez darajada “Old Trafford“ning yoqimtoyiga aylanganini, Aleks Fergyusonning ishonchiga tezda kirgani, Tumanli Albionda o‘zi uchun katta hudud ochib olganini yaxshi biladi.
U "Shaxtyor"dagiligadayoq Fergyusonning e’tiboriga tushgandi
Uning faoliyati Sobiq SSSRni qayta qurish davrida boshlangandi. 1986 yilda o‘zi tug‘ilgan Kirovograd shahrida futbol bilan shug‘ullanib yurganida uning iqtidorini tezda payqashdi va Kiyevning “Dinamo“siga taklif qilishdi. Biroq barcha futbolchilar kabi u ham armiyaga bordi va muddat yakunlanganidan keyin respublikaning boshqa bir klubi Donetskning “Shaxtyor“ jamoasiga o‘tishga qaror qildi.
Donetskliklar safida u o‘zining qanchalar darajada yuqori saviyali futbolchi ekanligini ko‘rsatdi va SSSR termasida debyutini ham amalga oshirdi. Aynan SSSR termasidagi o‘yinlaridan keyin unga “Manchester Yunayted“ menejeri Ser Aleks Fergyuson e’tibor bera boshladi va Shotlandiya hamda SSSR termalari ishtirokidagi o‘rtoqlik o‘yinini ko‘rgani bordi. O‘sha paytlarda Fergi MYU o‘ng qanot yarim himoyasi uchun iqtidorli futbolchi izlab yurgandi va Kanchelskis ishtirokidagi o‘yin unga juda ma’qul keldi.
Sobiq Ittifoqda bo‘layotgan siyosiy ishlar uning “Manchester Yunayted“ga o‘tishiga turtki bo‘ldi va fantastik transfer amalga oshdi. Tashqi kuchlarning siyosiy o‘rni ko‘payib ketganidan Sobiq Ittifoq kuchsizlanib bordi va o‘z fuqarolariga talablarini qo‘ya olmay qoldi. Hususan, sportchilarga SSSRni tark etib, istagan joyida faoliyatini davom ettirishiga ruxsat berildi. Iqtisodiyotdagi muammolar esa sportni ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi o‘rinlarga tushirib yubordi. Futbolning bir o‘zi oldinga qarab intildi, biroq barcha klublarda ham ishlar bir tekisda davom etmadi. Ana shu yo‘l orqali Yevropaning top klublari arzon narxlar evaziga ajoyib futbolchilarni sotib olishni boshladi.
Aytishlaricha, Kanchelskis bilan shartnoma imzolashni “Manchester Yunayted“ga o‘z davrining mashhur futbol agentlaridan biri bo‘lgan Rune Xauge tavsiya qilgan ekan. Xauge doimo o‘zi qiziqtirgan futbolchilarni doimo qandaydir klublarga taklif qilib yurgan, bu futbolchi ushbu klublarga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘q, buning farqi bo‘lmagan. Biroq u tavsiya qilgunga qadar Ser Aleks “Shaxtyor“da o‘ynab yurgan vaqtidayoq Kanchelskisning ma’lumotlarini o‘ziga olib qo‘ygan va kuzatib yurgan bo‘lgan.
Internet hali dunyo ahliga kirib kelmagan davrda murabbiylar chet ellik futbolchilarni VHS-kassetalar yordamida ko‘rishardi. Fergyuson esa Kanchelskisning o‘yinlarini diqqat bilan tomosha qilib chiqdi va 650 ming funtlik transferga rozilik berdi. Ha, kam eshitiladi. Biroq o‘sha davrda bu juda katta summa hisoblanardi va hech kim tanimaydigan futbolchi uchun bunday katta summa to‘lash haqiqiy xavf edi. Fergyuson bundan qo‘rqmadi va adashmadi.
13 baxtli orasidagi eng baxtlisi
Kanchelskis “Manchester Yunayted“ning asosiy tarkibiga tezda kirib ketdi va o‘ng qanot yarim himoyasini o‘ziniki qilib oldi. 1992 yilda tashkillashtirilgan APLda u 3 mavsum o‘tkazdi va “qizil iblislar“ tarkibida 2 chempionlik sovrinini qo‘lga kiritdi. 1992 yilda APLda atigi 13 nafar chet ellik bor edi holos! Buni qarang, o‘sha yilga qadar MYUning so‘nggi chempionligi 26 yil oldin qo‘lga kiritilgan va klub muxlislari buni ancha yillar kutishgandi.
Andrey Kanchelskis Angliyada mutaxassis va muxlislarning ishonchiga katta tezlik bilan kirdi va xayratlantira boshladi. U o‘ngda qanot qoqib uchayotganday ko‘rinar va o‘sha paytlarda Angliya futboli uchun ajabtovur futbolchi deb hisoblanardi. U Rayan Giggz, Li Sharp, Devid Bekxem fonida yo‘qolib qolmasdi va to‘pni raqiblaridan olib qo‘yib, tezkorlik bilan hujumga o‘tib, markazga kirib borib, darvozaga aniq va kuchli zarba berishni uddalay olardi.
Andrey Kanchelskis — futbol olamida qanot yarim himoyasining yangicha formatsiyasini ochib bergan futbolchi sifatida tarixda qoldi. O‘sha davrlarda qanot yarim himoyachilarining asosiy vazifasi — o‘z qanotidan “podachalar“ qilish, markazda o‘ynaydiganlar esa to‘pni qabul qilishi talab qilinardi. Kanchelskis esa bir vaqtning o‘zida ham qanot yarim himoyachilari, ham markaziy hujumchilarning ishini qila olar, o‘yin davomida qanotdan markazga yorib kirib, zarbalar berardi. Ha, hozir bunday futbolchilar bor. Biroq o‘sha davrda bunday hususiyatga ega futbolchi deyarli yo‘q edi.
Sobiq Ittifoqda katta bo‘lgan Andrey Kanchelskis o‘yin nuqtai nazaridan g‘irt britancha ko‘rinardi. U Bloxin, Belanov, Protasov, Shevchenko kabi futbolchilar tarbiyalangan futbol maktabida kamol topgandi va ular kabi o‘zgacha o‘yin ko‘rsatardi. Huddi u boshqa sayyoradan kelgandek edi.
Taqdir xazilini qarangki, Kanchelskis uchta terma jamoaning libosini kiydi. Ukraina termasida o‘ynamadi u... Andrey ushbu davlatda qochoq sifatida yashagani — fakt. Bunga qadar u SSSR termasi tarkibida o‘ynardi, keyinchalik davlat parchalanib ketdi va MDH termasi libosida ham maydonga tushdi. 1992 yilgi Yevrodagi omadsizlikdan keyin unga Rossiya termasini taklif qilishdi. Bunga u rozilik berdi.
Bekxemdan ko‘ra, Kanchelskis qadrliroq
1996 yilgi Yevroda u Rossiya termasi tarkibida 2 o‘yinda qatnashdi. Biroq u jahon chempionatida o‘ynay olmay qolib ketdi. U o‘sha mashhur “14 kishining xati“ imzolovchilaridan biri bo‘lgani 1994 yilgi mundial eshiklarini yopib qo‘ygandi. 1998 yilgi mundialga esa u bormadi. Vaholanki Andrey termadagi so‘nggi o‘yinini 1998 yilning 5 sentabr kunida Ukraina termasiga qarshi o‘tkazgandi. Kiyevdagi “Olimpiyskiy“ stadionida ruslar 2:3 hisobida yutqazgan o‘yinda Kanchelskis 71-daqiqada o‘z joyini Valeriy Karpinga bo‘shatib bergandi.
Klublardagi faoliyati haqida gapirsak, Andrey 1995 yilda Fergyuson bilan munosabatlari yomonlashayotgan paytda “Manchester Yunayted“ni tark etdi. Garchi o‘tmishdagi bo‘lgan shirin xotiralarga qaramasdan tomonlar o‘rtasida nizo kelib chiqdi. “Old Trafford“dan keyin u “Everton“ va “Reynjers“ kabi jamoalarda ham yaxshi harakat qildi. Shuningdek, “Fiorentina“, “Manchester Siti“ va “Sautgempton“ kabi klublar tarkibida ham o‘ynadi. 2003 yilda Saudiya Arabistonining “Al Hilol“ jamoasi tarkibida ko‘rinish berdi. U futbolchi sifatidagi faoliyatini 2006 yilda “Krilya Sovetov“da yakunladi.
Nima bo‘lgan taqdirda ham “Manchester Yunayted“ muxlislari “Klass 92“dagi Devid Bekxemdan ko‘ra, Andrey Kanchelskisni iliqroq kutib olishadi. Andreyning fenomenligi futbolning oddiy bo‘lmagan davrlarida katta nur sochgan va uning ortidan futbol o‘zgacha protsess yo‘lidan ketgan. Oradan esa shuncha yillar o‘tdi va u yarim himoyachilar yo‘lini boshqa tomonga burib qo‘ydi. Hozirgi qanot yarim himoyachilari esa aynan Kanchelskis uslubida o‘ynamoqda. Shunday tipdagi futbolchi oradan yillar o‘tib, o‘zbek futbolining yoqimli bo‘lagiga aylanishi hech kimning tushiga ham kirmagan bo‘lsa kerak. Ana endi biz o‘zbek va ingliz futbolining ikki ajralmas bo‘lagi - "Navbahor" hamda "Manchester Yunayted"ni birga bog‘lasak bo‘ladi!
Mirjalol Normatov tarjimasi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»