
Betakror aktrisa Dilnoza Kubayeva haqida 5 ta qiziqarli fakt:
1. Haqiqiy familiyasi boshqacha
Mashhur aktrisaning asl familiyasi Ko‘payeva bo‘lib, u 1986 yilda Toshkentdagi ziyolilar oilasida dunyoga kelgan.
2. Sahna sari ilk qadamlari talabalikdan boshlangan
Dilnoza 2004 yildan boshlab O‘zbek Milliy Akademik Drama teatrida faoliyat yuritishni boshlagan. Talabalik davridayoq bir nechta spektakl va filmlarda ishtirok etib, xalq orasida tanila boshlagan.

3. Hayotidagi eng katta sinov — turmush o‘rtog‘ining vafoti
Aktrisa 2008 yilda o‘z muxlisiga turmushga chiqqan. Turmush o‘rtog‘ining iltimosiga ko‘ra u ijoddan ikki yilga tanaffus qiladi.
Keyinchalik eri 30 yoshdan oshganida olamdan o‘tadi. Dilnoza intervyularidan birida shunday degan:
“Erim mendan minnatdor bo‘lib, senga tarbiya bergan onangga rahmat, degan edi. Bu so‘zlar men uchun butun umrga tatiydi.”
4. Qo‘shiqchilikka ham qo‘l urgan
Dilnoza kinodan tashqari qo‘shiqchilikni ham boshlagan. U buni shunday izohlaydi:
“Agar filmlardan oladigan pulim xarajatlarimni qoplaganida, qo‘shiqchilik qilmasdim.”
5. Mehribon ona — uning eng faxrli unvoni
Hozirda aktrisaning bir nafar o‘g‘li bor. U nafaqat iste’dodli ijodkor, balki fidoyi ayol va mehribon ona sifatida ham hurmatga sazovor.

Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.