date

Misr vizasi narxi oshirildi

Misr vizasi narxi oshirildi

Misr 1 dekabrdan boshlab kirish vizasi narxini 25 dollardan 45 dollarga oshirdi. Tegishli farmonni prezident Abdulfattoh as-Sisiy imzoladi.

Bu qaror turizm sohasi vakillarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Misr Turizm palatalari federatsiyasi hukumatga murojaat qilib, vizalar narxining oshirilishini oldini olishni so‘radi.

Federatsiya mamlakatning raqobatbardoshligini zaiflashishi va turistlar oqimi kamayishidan xavotir bildirdi. 2024 yilda Misrga taxminan 15,7 million xorijlik tashrif buyurgan.

2025-yilning birinchi choragida esa Misrni 16,7 mingdan ziyod o‘zbekistonlik ziyorat qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich ikki barobarga oshgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Misr vizasi narxi oshirildi