
«Manchester Siti»ning bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Fulhem»ga qarshi shiddatli o‘yindan keyin Erling Holandning o‘rni haqida muhim fikrlar bildirdi. Jurnalistlar undan norvegiyalik superhujumchi APL tarixidagi eng kuchli forvardmi, degan savolni yo‘llashdi.
Gvardiola bu savolga odatdagidek ehtiyotkor va vazmin tarzda javob qaytardi:
«Men uni liga tarixidagi eng zo‘r hujumchi deb ayta olmayman. Angliyada turli davrlarda juda kuchli forvardlar o‘ynagan. Holand ham ular qatorida, lekin barchadan ustun deb aniq aytilmaydi. Biroq bir narsa ravshan — statistika barcha bahslarni yopadi. Bugun jamoa unga ishlab berdi va shu meni quvontirdi», — dedi Gvardiola Sky Sports bilan suhbatda.
Darhaqiqat, Holand raqamlari bilan hamma narsani isbotlab bo‘lgan. «Fulhem»ga qarshi 14-tur bellashuvida u APLdagi yubiley 100-golini urdi. Eng hayratlanarlisi — bu uchun unga bor-yo‘g‘i 111 ta uchrashuv yetdi. Bunda u liga tarixidagi ko‘plab afsonalardan tezroq natijaga erishdi.
Norvegiyalik hujumchining ajoyib formasi «Siti»ning gol mashinasi yana to‘liq ishlayotganini ko‘rsatmoqda. Uning yuqori tempi va aniq zarbalari klubning chempionlik uchun kurashida hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda.
Gvardiola esa barcha maqtovlariga qaramay, Holandni yerga tushirib, uning ishtahasi va rivojlanish istagini yo‘qotmaslikka harakat qilmoqda. Shunday ekan, Premer-liga muxlislari hali Holanddan ko‘p rekordlar va yorqin o‘yinlar kutishi turgan gap.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.