10:03 / 14.03.2020
4 110

Professional boks olamida super to‘qnashuvlar bo‘ladi (foto)

Professional boks olamida super to‘qnashuvlar bo‘ladi (foto)
Joriy yilning bahor oylarida jahon professional boks olami bizga bir qator qiziqarli janglarni taqdim etadi. Bir nechta yulduzlar ham navbatdagi janglarini o‘tkazishadi. Ular orasida chempionlik kamari uchun bo‘ladigan to‘qnashuvlarni barcha orziqib kutayotgan bo‘lsa ajab emas. Biz ushbu janglarni anons tarzida e’tiboringizga havola etamiz.

21 mart
Mayris Briyedis (26-1-0-19 KO) – Yuniel Dortikos (24-1-0-22 KO)

Latviya poytaxti Riga shahrida tashkil etiladigan boks oqshomining markaziy jangida mezbon Briyedis hamda kubalik Dortikos o‘zaro to‘qnash kelishadi. Og‘ir vazn toifasida kechadigan ushbu qarama-qarshilik IBF chempionlik kamari uchun bo‘ladi.

28 mart
Artur Beterbiyev (15-0-0-15 KO) – Fanlun Men (16-0-0-10 KO)

Yarim og‘ir vazn toifasida IBF hamda WBC chempionlik tituli uchun kechadigan jang Kanadaning Kvebek shahrida bo‘ladi. Mazkur jangda xitoylik bokschi da’vogar sifatida ringga ko‘tariladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki ikki yo‘nalish chempioni rossiyalik charmqo‘lqop ustasi hisoblanadi.

11 aprel
Daniel Dyuba (14-0-0-13 KO) - Joy Joys (10-0-0-9 KO)

Ikki britaniyalik superog‘ir vazn toifasidagi mag‘lubiyatsiz odimlayotgan nokautchi bokschilar o‘zaro hisob – kitob qilishadi. Mazkur jang London, O2 arenada bo‘lib o‘tadi.

2 may
Dillian Uayt (27-1-0-18 KO) – Aleksandr Povetkin (35-2-1-24 KO)

Super og‘ir vazn toifasidagi ushbu to‘qnashuv Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘rtaga WBC vaqtinchalik jahon chempionlik kamari tikilgan.

16 may
Qudratullo Abduqahhorov (17-0-0 -9 KO) - Sergey Lipines (16-1-012 KO)

Yarim o‘rta vazn toifasida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz rossiyalik Lipinetsga qarshi IBF yo‘nalishining vaqtinchalik chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi.

23 may
Aleksandr Usik (17-0-0-13 KO) -Derek Chisora (32-9-0-23 KO)

Superog‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazishni boshlagan ukrainalik bokschi britaniyalik xurmacha qiliqlari bilan dong taratgan Chisoraga qarshi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Mazkur qarama-qarshilik Londonda O2 arenasida tashkil qilinadi.

30 may
Vasiliy Lomachenko (14-1-0-10 KO) – Teofimo Lopes (15-0-0-12 KO)

Yengil vazn toifasi yetakchilari WBC, IBF, WBO, WBA chempionlik kamarlari uchun jang qiladi. Mazkur super to‘qnashuv Nyu-York, Medison-skver-gardenda bo‘lib o‘tadi.

Ahmadbek Eshmatov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Professional boks olamida super to‘qnashuvlar bo‘ladi (foto)