Foto: TASS
Rossiya Premer-ligasi 23-turi doirasida «Sochi»ga qarshi bahsda yosh futbolchilardan iborat tarkibni tushirishga majbur bo‘lgan «Rostov» klubi safarda o‘ta yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
«Rostov» futbolchilari koronavirus tufayli ikki haftalik karantinga chiqarilgani bois ushbu bahs aslida qoldirilishi haqida e’lon qilingan bo‘lsa-da, mezbon jamoa bunga rozi bo‘lmadi. Natijada mehmonlar Sochiga 17 yoshli futbolchilardan iborat jamoani yuborishdi.
E’tiborlisi, o‘yinda hisobni aynan maktab bolalari ochishdi. 17 yoshli Romanov ajoyib zarbasi bilan ilk daqiqadayoq «Rostov»ni kutilmaganda hisobda oldinga chiqardi – 0:1.
Ammo 15-daqiqada Kokorin dastlab muvozanatni tiklagan bo‘lsa, taym yakunida mezbonlarni hisobda oldinga chiqardi – 2:1.
Ushbu goldan keyin sochilik futbolchilarni to‘xtatib bo‘lmadi. Kokorin het-trik qayd etgan bo‘lsa, Zabalotniy va Poloz dubl nishonladi.
Yakunda «Sochi» chempionat tarixidagi eng yirik g‘alabasiga, «Rostov» esa eng yirik mag‘lubiyatga uchradi – 10:1.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin Eldor Shomurodov jamoasi 38 ochko bilan 4-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Sochi» esa 27 ochko bilan 9-o‘ringa chiqib oldi.
Rossiya Premer-ligasi. 23-tur
Sochi – Rostov 10:1
Gollar: 0:1 – 1 Romanov, 1:1 – 6, avtogol Abramov, 2:1 – 15 Kokorin, 3:1 – 44 Kokorin, 4:1 – 45 Zabolotniy, 5:1 – 47 Zabolotniy, 6:1 – 51 Kokorin, 7:1 – 53 Novoselsev, 8:1 – 74 Poloz, 9:1 – 86 Poloz, 10:1 – 87 Koldunov.
Sochi – Janayev, Margasov (Imbula, 60), Nabiullin, Novoselsev (Milyutin, 56), Zaika, Mostovoy, Burmistrov (Koldunov, 69), Mevlya, Miladinovich, Kokorin (Bokovoy, 69), Zabolotniy (Poloz, 60).
Rostov – Popov, Girnik, Abramov, Kalistratov, Kupriyanov (Kashtan, 73), Romanov (Kochkanyan, 46), Kolotiyevskiy (Korniyenko, 46), Gorelov, Topuriya (Komarov, 61), Rogava, Xromov.
Amalga oshirilmagan penalti: Zabolotniy, (35, darvozabon).
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi