10:13 / 30.08.2020
1 904

Arteta: "Arsenal" shunday jamoaga mag‘lub bo‘lmagani meni quvontiryapti"

Arteta: "Arsenal" shunday jamoaga mag‘lub bo‘lmagani meni quvontiryapti"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Superkubogi doirasida "Liverpul" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Shunaqangi xursandmanki, buni so‘z bilan ifodalab bera olmayman. Juda jiddiy sinovdan o‘tishimizni bilgandim. Yigitlarga katta rahmat aytaman.

Jamoalarning yuqori saviyada ekanligi o‘yin davomida ko‘rindi. Biz to‘psiz yaxshi o‘ynadik va "Liverpul"ni doimiy agressiv bosim ostida ushlab turdik. Ikkinchi bo‘lim juda og‘ir o‘tdi.

Bu bizga ishonch bahsh etadi. "Liverpul"dek jamoaga sovrin taqdim etadigan uchrashuvda mag‘lub bo‘lmayotganimiz meni quvontiryapti.

Muhim uchrashuvlar, ko‘plab vaziyatlar, katta futbolchilar. Obameyang bosimni osonlik bilan yengib o‘tdi. U Angliya Kubogi finalida ham bugun ham juda dahshatli o‘yin namoyish qildi
", - dedi Arteta.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arteta: "Arsenal" shunday jamoaga mag‘lub bo‘lmagani meni quvontiryapti"