18:33 / 12.10.2020
2 941

Lipines Qudratillo Abduqahhorov haqida... Rus bokschisining ishtahasi karnay

Lipines Qudratillo Abduqahhorov haqida... Rus bokschisining ishtahasi karnay
Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, rossiyalik Sergey Lipines o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorovga qarshi jang sanasining o‘zgarishiga munosabat bildirdi. Dastlab IBF muvaqqat chempionlik kamari uchun jang 10 oktabrga belgilangan edi, ammo keyinchalik 24 oktabrga qoldirildi.

Sana o‘zgarishini chempion sifatida qabul qildim va 24 oktabrda men 10 oktabrda qilmoqchi bo‘lgan ishimni amalga oshiraman. Ruhan juda kuchliman, shuning uchun sanani o‘zgartirish bilan bog‘liq muammolar yo‘q. Yig‘in yaxshi o‘tdi va jangga 100 foiz tayyorman. Men Jo Gussen bilan birga ishladim va ko‘plab ajoyib jangchilar bilan, jumladan, Rashidi Ellis va Ronald Kruz bilan sparring janglar o‘tkazdim.

Hozircha vazn toifadagi Errol Spens , Menni Pakyao, Denni Garsiya, Kit Turman, Shon Porter yoki Terens Krouford kabi jangchilar haqida o‘ylamayapman. Ularga yetib borish uchun men 24 oktabrda g‘alaba qozonishim kerak.

Abduqahhorovmi? Bekorga hech kim IBF reytingining yetakchisi bo‘lmaydi. Abduqahhorov ko‘plab janglar o‘tkazish barobarida muvaffaqiyatli havaskorlik faoliyatiga ham ega. U ringda tezkor harakat qiladi. Qolaversa, kuchli ekanligini bilaman va u meni mag‘lub etish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qiladi. U bilan jang vaqtida masofani saqlash va ochko to‘plash kerak. Ajoyib jangni kutmoqdaman. Menga qarshi nimani tayyorlasa, unga qarshi rejam bo‘ladi va harqanday holatda g‘alaba qozonaman
”,- dedi Lipines.

31 yoshli Lipines professional ringda 16 g‘alaba (12 nokaut) va bir mag‘lubiyat qayd etgan. 27 yoshli hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov esa mag‘lubiyatsiz odimlamoqda va 17 ta g‘alabaga (9 nokaut) erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lipines Qudratillo Abduqahhorov haqida... Rus bokschisining ishtahasi karnay