Foto: Getty Images
Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Maykl Chendler UFC 257 musobaqasida bo‘lib o‘tgan Den Hukerga qarshi jangdagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Men Habibni taslim eta olaman. Unga kamera orqali murojaat qildim. Hamma narsaga erishding, ketishing va boshqa hayot tarzini kechirishing mumkin. Biroq agar qaytishni xohlasang, men shu yerdaman.
Dastinga qarshi kamar uchun jang qilish? Ha, ajoyib ish bo‘lardi. Uni juda hurmat qilaman. U bilan tanishdik, suhbatlashdik. Dastin — ajoyib yigit. Jon deb u bilan 25 daqiqa oktagonda vaqt o‘tkazaman.
Bu g‘alaba — hayotimdagi eng muhimi. Ko‘plar shubhaga borgan, hech nimani isbotlay olmasligimni aytgandi. O‘sha odamlar adashganini isbotlashim juda muhim edi. G‘alaba qayd etildi va olg‘a yuramiz.
Huker, albatta, juda jahli chiqdi. Mag‘lublar haqida gapirishni yomon ko‘raman. Bu hurmatsizlikdir. Raqibni nokautga uchratding, u endi o‘ziga keldi, sen esa uning yoniga yugurib borasan va quchgilar bilan asabiga o‘ynaysan. Raqib o‘ziga kelib olishi va hammasini o‘ylab olishi uchun vaqt kerak", - dedi Maykl Chendler.
Maykl Chendler — yengil vazn toifasida uch karra Bellator chempioni. Shuningdek, u ushbu promoushen doirasida o‘tkazilgan yengil vazn jangchilari musobaqasida bir marta g‘olib chiqqan.
Amerikalik yakkakurashchi UFC 257 musobaqasining ikkinchi asosiy jangida yangi zelandiyalik Hukerni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Den Hukerga qarshi jang Chendler uchun UFC’dagi debyut bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Dastin Pore: «Habib qaytmaydigan bo‘lsa, u holda men chempionman»

Dastin Pore: «Men Konordan kuchliman, buni jangda ko‘rasiz»

Habib Nurmagomedov yana jang qiladimi? Uning UFC prezidenti bilan uchrashuvi tafsilotlari...

Bellator sobiq chempioni: «Konor Makgregorni 2 raundga olib bormay taslim etaman»

Jastin Getji: Birinchi navbatda Habib va Poreni yengishni xohlayman

Dastin Pore: Habibni muddatidan avval taslim qilishimga ishonyapman