Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov hamda Turkiy Kengash bosh kotibi Bagdad Amreyev boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mutasaddilar Turkiy tilli mamlakatlarda futbolni rivojlantirish, terma jamoalar hamda klublar o‘rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish, futbol hakamlarini qayta tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari va federatsiyalari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinganligi haqida O‘FA Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida Turkiy Kengash bosh kotibi Bagdad Amreyev tashkilotga a’zo mamlakatlarning Milliy hamda turli yosh toifalardagi futbol terma jamoalari o‘rtasida xalqaro musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati mavjud ekanligini bildirib, bunday bellashuvlar turkiy xalqlar o‘rtasida nafaqat futbolni, balki o‘zaro qardoshlik aloqalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishi mumkin ekanligini aytib o‘tgan.
Shuningdek, Bagdad Amreyev Turkiya Superkubogini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha Turkiy Kengash muzokaralar olib borilishi hamda tashkilot homiyligida mazkur bahsni yurtimizda bo‘lib o‘tishini ta’minlash yuzasidan o‘z takliflarini berganligi ma’lum qilindi.
Ravshan Ermatov tashrif va samimiy suhbat uchun Turkiy Kengash bosh kotibiga minnatdorchilik izhor etdi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yuqorida tilga olingan takliflar yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ravshan Ermatov OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan uchrashdi

Shayx Salmon Ravshan Ermatovni yangi lavozim bilan tabrikladi

Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Slovakiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

O‘FF Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyasi bilan memorandum imzoladi

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov ikkinchi safarini Dubayga uyushtirdi