Foto: «TASS»
Meksikalik bokschi Saul Alvares 76,2 kilogacha bo‘lgan vazn toifasida Butunjahon boks kengashi (WBC) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) unvonlarini himoya qildi.
Mayamida (AQSH, Florida shtati) turkiyalik raqibi Avni Yildirim bilan kechgan 12 raundlik uchrashuvning uchinchi raundida meksikalikning texnik nokauti bilan yakunlandi.
30 yoshli Alvares hisobida 55 g‘alaba, shulardan 37 tasi nokaut, shuningdek, bitta mag‘lubiyat va ikkita durang bor. Sportchi WBC va WBA unvonlarini 2020 yil 20 dekabrda britaniyalik Kallum Smitga qarshi jangda qo‘lga kiritdi va birinchi marta himoya qildi.
29 yoshli Avni Yildirim hisobida 21 g‘alaba, shulardan 12 tasi nokaut va uchta mag‘lubiyat bor. 2019 yil fevral oyida amerikalik Entoni Dirrelga qarshi jangda u WBC chempionligi uchun kurashgan, ammo o‘shanda ham mag‘lubiyatga uchragandi, deb yozadi TASS. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda