14:23 / 21.03.2021
1 393

Gvardiola: «Oxirgi 39 o‘yinimizning 34 tasida g‘olib chiqdik. Bu hayratlanarli natija”

Gvardiola: «Oxirgi 39 o‘yinimizning 34 tasida g‘olib chiqdik. Bu hayratlanarli natija”
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining muvaffaqiyati haqida gapirdi. “Terma jamoalar o‘yini bois e’lon qilingan oxirgi tanaffusdan keyin biz 39 ta o‘yin o‘tkazdik. Ularda 34 g‘alaba, 2 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etildi. Biz YECHLda pley off masalasini hal qilib ulgurganimizdan keyin safarda “Portu” bilan durangga erishdik.

Oxirgi to‘rt oy ichida, yana har uch kunda maydonga tushishimizga qarmay biz hayratlanarli natija qayd eta oldik. Bu holatga so‘z bilan ta’rif bera olmayman.

Hattoki biz g‘alabadan sarmast bo‘lishga ulgura olmay qoldik, chunki uch kundan keyin bizni navbatdagi uchrashuv kutib turardi.

Gap bu yerda taktika yoki boshqa holatga emas, balki yigitlarning o‘yinga ruhan tayyor ekanliklarida. Erishgan muvaffaqiyatlarimiz betakror, ishonish qiyin bo‘lgan vaziyatda. Bu bizning buyuk muvaffaqiyatlarimizdan biri deb aytish mumkin.

Albatta biz hali hech qanday sovrin yutganimizcha yo‘q”, dedi Gvardiola.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: «Oxirgi 39 o‘yinimizning 34 tasida g‘olib chiqdik. Bu hayratlanarli natija”