22:18 / 29.03.2021
2 371

Abramov Katanetsga taktik tarafdan yutqazgani va darvoza chizig‘idagi muammolar haqida gapirdi

Abramov Katanetsga taktik tarafdan yutqazgani va darvoza chizig‘idagi muammolar haqida gapirdi
O‘zbekiston hamda Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng (0:1) Vadim Abramov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin haqida.
- Avvalo, muxlislardan uzr so‘ramoqchiman, noqulay ob-havoga qaramasdan, bugun bizni qo‘llab-quvvatlash uchun ancha muxlis yig‘ilgandi. O‘yin yaxshi bo‘ldi, raqib ham yomon emas. G‘alaba qozonganingda, muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Yutqazsang, bundan foydali jihatlarini topish mumkin. O‘ylaymanki, jamoamiz yomon emas, oldimizda turgan vazifani bajarishga intilamiz. O‘zimizni oqlashdek tuyuladi, ammo Iroq 23 mart kuni Toshkentga kelgan. Bilasiz, biz 26 martda Namanganda o‘yin o‘tkazdik. Bu ham ta’sirini ko‘rsatdi. Tarkibni o‘zgartirishimiz va boshqalarni maydonga tushirishimiz mumkin edi, biroq ko‘plab muxlislar kelishini inobatga olib, legionerlar xizmatidan foydalandik va mana shunday tarkibni maydonga tushirdik.

- Iroq terma jamoasiga qarshi alohida taktika ishlab chiqilganmidi?
- Hozirgi holatda taktika haqida gapirish qiyin. Bugun raqib to‘liq himoyalangan holda qarshi hujumda o‘ynadi. Ular astoydil tayyorgalik ko‘rishgani sezildi. Agar birinchi bo‘limda gol urganimizda, hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

- Jamoa ko‘p hujum qilyapti, ammo yakuniy nuqtani qo‘yadigan futbolchi topilmayapti. Bu bo‘yicha nima deya olasiz?
- Axir, bu futbol. Sen urmasang, seni jazolashadi. Bugun yutqaza turib, hujum qilaverdik va vaziyatni o‘nglashga urinib, gol o‘tkazib yuborishimiz mumkin edi. Bugungi xatolardan xulosa chiqarib, kelajakda takrorlamaslikka harakat qilamiz.

- Eldor Shomurodov Namangandagi o‘yinda almashtirilgandi, bugun esa yo‘q. Sergeyev bilan Ubaydullayevning formasi yaxshi holatda emasmi yoki hujum chizig‘i raqobatdan holimi?
- Sergeyevda shunchaki jarohat bor. Ubaydullayevni esa maydonga tushirmadik, Shomurodov gol urishiga ishondik va muxlislarni xursand qilishini xohlagandik, Albatta, u gol urolmaganidan afsusda. Shuni ham aytish kerakki, Ubaydullayev ham yaxshi hujumchi.

- Maydonda har ikki termaning darajasini o‘lchasak, biznikilar bir bosh ustun. Shunday ekan, taktik tarafdan Srechko Katanetsga yutqazganingizni tan olasizmi?
- Ha, shunday desa bo‘ladi. Men taktik tomondan bugungi o‘yinni yutqazdim. Futbolchilarimiz darajasi raqibnikidan yuqori, shunchaki murabbiy omadsiz.

- Terma jamoamiz vaziyatlardan foydalanishda juda oqsayapti. Bizga qandaydir kreativlik yetishmayapti. Bu bo‘yicha nima deya olasiz?
- Sizni tushundim. Biz ko‘p narsani ko‘rsata olmaymiz, iyunda rasmiy o‘yinlarimiz bor. Hozir maxsus tayyorgarlik jarayonini to‘liq namoyish etishni xohlamaymiz, chunki barcha termalar o‘z raqiblarini o‘rganadi. Futbolchilarga ko‘p narsani ochiqlamasligini va erkin o‘ynashlarini tushuntirdim. Umid qilamanki, siz hammasini iyunda ko‘rasiz.

- "Bizga Iskanderov kabi futbolchi yetishmayapti" degan edingiz. Bo‘lajak rasmiy o‘yinlardan oldin hozirgi holat qanaqa? Qandaydir fikr yoki yechim bormi?
- Bundan oldin aytganimdek, yarim himoyachilarimiz markaziy himoyachilarga ko‘maklashishdi va to‘pni olib qo‘yib, vaziyat yaratishga urinishdi. Bu vaqtda markaziy himoyachilarimiz shunchaki tomosha qilib turishibdi. Endi sanab ko‘ring, 6 kishi to‘pni olib qo‘yishga harakat qilyapti. Bizni 4 nafar o‘yinchimiz esa oldinda raqibning 10 nafar futbolchisiga qarshi o‘ynayapti. Bu noto‘g‘ri qaror. Buni hali tahlil qilib chiqamiz. Xavotir olmang, kelajakda buni to‘g‘rilaymiz, hammasi yaxshi bo‘ladi.

- Bugungi o‘yinda ham darvozabonimiz qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Darvozabonlar bilan bog‘liq muammolar bormi?
- Ha, albatta muammomiz bor. Himoyachilar ham ishonchli o‘ynashlari lozim. Bugun darvozabonimiz yomon o‘ynamadi, uni yorqin kelajak kutyapti, sekin-asta tajriba to‘plab boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abramov Katanetsga taktik tarafdan yutqazgani va darvoza chizig‘idagi muammolar haqida gapirdi