22:05 / 25.04.2021
2 352

Piter Hyuistra: «G‘alaba qozonish orqali kurashda qolishimiz mumkin»


Foto: «Paxtakor» FK
Osiyo Chempionlar Ligasi 5-turi doirasidagi «Traktor» — «Paxtakor» o‘yinidan oldin matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Toshkent klubi bosh murabbiyi Piter Hyuistra va jamoa himoyachisi Sherzod A’zamov ishtirok etdi.

- "Ertaga bizni ahamiyati juda yuqori o‘yin kutmoqda. Bizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat qolgan. G‘alaba qozonish orqali kurashda qolishimiz mumkin. Buni uddalashga harakat qilamiz. «Traktor» bilan birinchi o‘yinimiz esda qolarli kechgandi. 3:3 natijasi bizga ijobiy va salbiy taassurotlarni bergandi. Ertaga boshqacha o‘yin bo‘lishi mumkin, har bir bahsning o‘z tarixi bor. Biz yaxshiroq o‘ynagan holda zafar quchishga intilamiz", - dedi Piter Hyuistra, «Paxtakor» bosh murabbiyi.

Shuningdek, A’zamov: "Bizni «Traktor» bilan muhim bellashuv kutmoqda. Hali keyingi bosqichiga chiqishga kichik imkoniyatimiz bor va undan foydalanishga urinamiz. Raqib turnir jadvalida bizdan yuqori bormoqda. Ertangi bahsda qaysi jamoa jismonan yaxshiroq tayyor bo‘lsa, o‘sha tomon g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman", - deya o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning birinchi davra doirasida o‘tkazilgan o‘yinda 3:3 hisobidagi durang qayd etilgandi. «Traktor» va «Paxtakor» o‘rtasidagi 5-uchrashuvi 26 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Hyuistra: «G‘alaba qozonish orqali kurashda qolishimiz mumkin»