00:31 / 07.06.2021
1 767

Yil shousi. Yengilmas Floyd Meyvezer 7 iyun tongida blogerga qarshi jang qiladi


Foto: ShowTime
Boks bo‘yicha beshta divizion sobiq chempioni Floyd Meyvezer 7 iyun tongida videobloger Logan Polga qarshi jang qiladi.
AQSHning Mayami shahrida boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Uning asosiy voqeasi Meyvezer va Logan Pol o‘rtasidagi jang bo‘ladi.

Musobaqa Toshkent vaqti bilan 7 iyun tongida bo‘lib o‘tadi. Jang taxminan 07:00 dan keyin bo‘lib o‘tadi.
Floyd Meyvezer va Logan Pol o‘rtasidagi jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Ishtirokchilar vazn o‘lchash marosimida qatnashdi. Unda Pol 85,9 kg vaznni qayd etdi. Floyd undan 15 kilogrammga yengil chiqdi — 70,3 kg.
Eslatib o‘tamiz, bu jangda yon hakamlar bo‘lmaydi. G‘olib nomi nokaut orqali aniqlanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yil shousi. Yengilmas Floyd Meyvezer 7 iyun tongida blogerga qarshi jang qiladi