14:00 / 28.06.2021
1 707

Falastin sobiq bosh murabbiyi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yuqori baho berdi va jahon chempionatiga chiqishini aytdi


JCH saralash bahslarida biz bilan bir guruhda kurash olib borgan Falastin terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Nuriddin Ould Ali intervyu berdi.

Shu yilning mart oyida Falastin Saudiya Arabistoniga 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergach, Nuriddin Ould Ali iste’foga chiqarildi. Aytish mumkinki, u terma jamoani 2018 yilning aprel oyidan beri boshqarib kelayotgandi. Ushbu mutaxassis Arabnews.com saytiga bergan intervyusida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga to‘xtalib o‘tdi.

- "Bu juda kuchli jamoa. Menimcha, Saudiya Arabistoni jahon chempionatiga chiqadi. Chunki ularda yaxshi futbolchilar va yaxshi murabbiy bor. Lekin bundan ham muhimi, jamoa o‘yindan o‘yinga o‘syapti".
Mart oyining oxirgi kunida Ar Riyodda bo‘lib o‘tgan Saudiya Arabistoni - Falastin 5:0 bahsini yodga olar ekan, ushbu mutaxassis shunday dedi:

- "Bu uchrashuvni juda yaxshi eslayman. Biz uchun juda qiyin bo‘lgandi. Biz eng yaxshi futbolchilarni ayrim sabablarga ko‘ra, mazkur bellashuvga taklif eta olmagandik. Shu bois faqat mahalliy o‘yinchilar bilan o‘ynaganmiz. Lekin bu mag‘lubiyatga bahona bo‘la olmaydi. Har qanday sharoitda ham Saudiya Arabistoni bizdan kuchli edi".

Jazoirlik murabbiy intervyu davomida Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Erve Renar haqida iliq fikrlar bildirdi: 
- "Fransiyalik murabbiyga vaqt kerak edi, shu bois uning birinchi kunlari omadsiz bo‘ldi. Keyinchalik u Saudiya Arabistonini yaxshilab o‘rgandi, futbolchilar qanday o‘yin ko‘rsatishini tushuna bordi. Albatta, Erver Renar kuchli mutaxassis, u bejizga Marokash bilan JCH-2018ga chiqmagan. O‘tgan vaqt mobaynida Saudiya Arabistoni terma jamoasi uning qo‘l ostida ancha kuchaydi va Osiyoda yetakchilardan biriga aylandi. O‘ylashimcha, uning ishidan federatsiya va futbolchilar mamnun".

- "To‘g‘risini aytsam, menga Erve Renarning ishini kuzatib borish yoqadi. U Marokashni jahon chempionatiga olib chiqishdan tashqari, 2012 yil Zambiya va 2015 yil Kot-D'Ivuar bilan Afrika Millatlar Kubogida g‘olib chiqqan. U Afrikani zabt etgan mutaxassis deb bemalol aytsa bo‘ladi, endi bo‘lsa Osiyoda ham o‘zini ko‘rsatmoqchi. Uning qo‘l ostida Salim Al Dovsari, Abdulloh Otayf, Salman Al Faraj kabi futbolchilar o‘ynar ekan, bemalol jahon chempionatiga borishni uddalasa bo‘ladi", - deydi Falastin sobiq bosh murabbiyi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Falastin sobiq bosh murabbiyi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yuqori baho berdi va jahon chempionatiga chiqishini aytdi