13:00 / 13.08.2021
2 802

Maykl Foksning chempionlik kamari uchun jangi natijasi bekor qilindi. Jangdagi hakam esa umrbod chetlatildi

Maykl Foksning chempionlik kamari uchun jangi natijasi bekor qilindi. Jangdagi hakam esa umrbod chetlatildi
WVA tashkiloti yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tgan Gabriel Maestre (3-0, 3KO) va Maykl Foks (22-2, 5KO) jangi natijasini bekor qildi.

7 avgust kuni Minneapolis shahrida bo‘lib o‘tgan jangda Foks raqibiga nisbatan yaxshiroq harakat qildi. Uni ikki bora nokdaun holatiga ham tushira oldi. Ammo yakunda hakamlar 114-113, 115-112 va 117-110 hisobida Maestre g‘alabasini qayd etishdi. Bu boks ommasi orasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng, WVA tashkiloti komissiya qarori bilan jang natijasini bekor qildi va bahs uchun qayta buyruq berdi. 117-110 hisobida baholagan hakam Gloria Martines esa tashkilot tomonidan bir umrga chetlatildi.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Foks hamyurtimiz Shohjahon Ergashevdan ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maykl Foksning chempionlik kamari uchun jangi natijasi bekor qilindi. Jangdagi hakam esa umrbod chetlatildi