10:44 / 19.08.2021
2 208

Srechko Katanes O‘zbekistonda qanday kutib olindi?

Srechko Katanes O‘zbekistonda qanday kutib olindi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Srechko Katanes muzokaralarning so‘nggi bosqichini o‘tkazish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurdi.


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabariga ko‘ra, sloveniyalik mutaxassisni O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov kutib oldi.


Srechko Katanes Yugoslaviya va Sloveniya terma jamoalari, shuningdek, Italiyaning «Sampdoriya», Germaniyaning «Shtutgart» klublarida o‘ynagan. Sloveniya termasini boshqargan paytda 2000 yilda ilk marta Yevropa chempionati, 2002 yilda jahon chempionatiga olib chiqqan.


Uning oxirgi ish joyi Iroq termasi bo‘lgan. Iroqliklar uning boshchiligida JCH-2022ning uchinchi bosqichiga muvaffaqiyatli yetib kelgan. Ishdan ketishiga 6 oydan beri oylik maoshini ololmayotgani sabab bo‘lgan.

Katanes O‘zbekiston termasini boshqargan ilk xorijiy murabbiy emas. Abramovdan oldin argentinalik Ektor Kuper bosh murabbiy bo‘lgandi. Ammo uning davrida O‘zbekiston Osiyo chempionatidagi eng yomon natijalarini qayd etgan. Oqibatda Kuper ishdan olingan va tovon puli sifatida unga 7 mln. yevro pul to‘langan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes O‘zbekistonda qanday kutib olindi?