21:26 / 19.08.2021
3 484

O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor", "Nasaf" va AGMK nimchorak final o‘yinlarini o‘tkazdi

O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor", "Nasaf" va AGMK nimchorak final o‘yinlarini o‘tkazdi
O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan 3 uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Toshkentda "Turon"ni qabul qilgan amaldagi chempion "Paxtakor" so‘nggi daqiqalarda g‘alaba golini kiritdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning birinchisida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Hojimat Erkinov raqib darvozasini ishg‘ol etdi va jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

7 ta gol urilgan AGMK - "Neftchi" o‘yinida olmaliq klubi 6:1 hisobida zafar quchdi. Martin Boake xet-trik muallifiga aylangan bo‘lsa, Fortes va Tursunov bir marotabadan to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Abdulloh Olimovning avtogoli AGMKning 6-goli sifatida qayd etildi. Farg‘onaliklar tarkibida Yeshich bu gollarga bir marotaba javob qaytara oldi.

Kichik kambek uyushtira olgan "Nasaf" ham chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. "Metallurg"ga qarshi kechgan bellashuvning birinchi taymidan so‘ng 1:2 hisobida ortda borayotgan "ajdarlar" yakunda 5:2 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar safida Kaluderovich dubl muallifiga aylandi, Norchayev esa, xet-trikni nishonladi. Bekobodliklarning ikki golini Tojiyev va Rahmatullayev kiritdi.

Coca-Cola O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
19 avgust, payshanba
NASAF – MЕTALLURG 5:2
Gol:
Andriya Kaluderovich 12, 1:0 Kamoliddin Tojiyev 33, 1:1 Dilshod Rahmatullayev 43, 1:2, Andriya Kaluderovich 54, 2:2, Husayn Norchayev 66, 3:2, Husayn Norchayev 75, 4:2, Husayn Norchayev 5:2

"Nasaf": 35. Abduvohid Ne’matov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 8. Dilshod Saitov, 18. Bahrom Abdurahimov, 19. Husayn Norchayev, 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umar Eshmurodov, 99. Andriya Kaluderovich.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 2. Alibek Davronov, 6. Murodbek Rahmatov, 7. Doniyorjon Narzullayev, 15. Jo‘rabek Mannonov, 20. Suhrob Nurulloyev, 50. Shohmalik Komilov, 70. Abubakr-Rizo Turdaliyev.

"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 10. Shahzodbek Nurmatov, 21. Kamoliddin Tojiyev, 22. Shahzod G‘ofurbekov, 28. Stanislav Andreyev, 30. Ibrohim Ibragimov, 48. Dilshod Rahmatullayev, 55. Akbar Ismatullayev, 70. Muhammad Isayev, 79. Bobir Davlatov, 80. Farruh Ibrohimov.
Zaxira: 1.Akmal Tursunboyev, 4. Odilbek Abdumajidov, 6. Xudoyshukur Sattorov, 7.Ruslan Roziyev, 11. Ivan Nagayev, 25. Shahzodjon Ne’matjonov, 36. Abror Sarimsoqov, 43. Ja’farjon Karimov, 90. Abdurahmon Abdulhaqov.

PAXTAKOR – TURON 1:0
Gol:
Xojimat Erkinov 90+3

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 3. Xojiakbar Alijonov, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Azizbek Turg‘unboyev, 10. Dragan Cheran, 11. Boyan Matich, 16. Marlen Chobanov, 23. Sherzod A’zamov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 17. Doston Hamdamov, 34. Farrux Sayfiyev.
Zaxira: 25. Eldorbek Suyunov, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 9. Sherzod Temirov, 14. Humoyunmirzo Iminov, Xojimat Erkinov, 19. Sharof Muhiddinov, 21. Abrorbek Ismoilov, 42. Abbosbek Fayzullayev, 88. Shahzod Azmiddinov.

"Turon": 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 4. Asliddin Toshtemirov, 7. Sunnatilla Abdullajonov, 8. Sunnatulla Ermatov, 10. Ixtiyor Toshpo‘latov, 17. Muzaffar Muzaffarov, 19. Vladislav Kasminin, 20. Firdavs Chakalov, 25. Ismoiljon Oxunjonov, 43. Kim Bo Yong, 55. Dayan Ponevich.
Zaxira: 13.Akmal Shavketov, 5. G‘iyos Komilov, 6. Sardor Abduraimov, 9. Humoyun Murtozayev, 18. Fozil Musayev, 14. Doniyor Ismoilov, 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 32. Jahongir Mehmonov, 77. Bilol Toshmirzayev.

AGMK – NЕFTCHI 6:1
Gol:
Martin Boake 10, 1:0 Aleksandr Yeshich 28, 1:1, Elvin Fortes 30, 2:1, Martin Boake 35, 3:1, Sanjar Tursunov 55, 4:1, Martin Boake 66, 5:1, Shodiyor Xojimatov (avtogol)

AGMK — 35.Valijon Rahimov - 77.Dilshod Ahmadaliyev, 15.Abbos Otaxonov, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 4.Mirjamol Qosimov - 94.Elvin Fortes, 27.Martin Boake, 10.Husniddin G‘ofurov.
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov - 5.Dilshod Jo‘rayev, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 9.Zafar Polvonov, 11.Murod Toshmatov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 22.Sanjar Shoahmedov, 28.Shohruh Gadoyev, 42.Nodir Abdurazzoqov.

"Neftchi": 45. Akbar To‘rayev, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Shodiyor Xojimatov, 7. Sobit Sindarov, 10. Sardor Abdunabiyev, 17. Abdulloh Olimov, 22. Umar Adhamzoda, 44. Darko Stanoyevich, 80. Aleksandr Yeshich, 90. Oybek Qilichev, 99. Ulug‘bek Hoshimov.
Zaxira: 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 12. Shuhratillo Rahmonov, 11. Izzatilla Abdullayev, 14. Sherzod Karimov, 31. Saydullo Rahmatov, 33. Tohirjon Shamshitdinov, 36. Islombek Isomiddinov, 77. Jasurbek Abdulbekov, 94. Doston Toshmatov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor", "Nasaf" va AGMK nimchorak final o‘yinlarini o‘tkazdi