22:19 / 09.09.2021
2 566

Viktor Kumikov: "Xomyakovni o‘zim olib kelganman"

Viktor Kumikov: "Xomyakovni o‘zim olib kelganman"
“Mash’al” – “Andijon” (0:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar ustozi Viktor Kumikov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugun qiyin o‘yin bo‘ldi. Bu olti ochkolik o‘yin ekanini hamma bilib turgandi. Chiroyli o‘yin ko‘rsatdik deya olmayman. Ko‘proq natija uchun o‘ynadik. Chunki bizga g‘alaba juda muhim edi. Menimcha, o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi.

- Legionerlar mahalliy futbolchilardan bir bosh baland bo‘lishi kerak. Zabelinni o‘yin oxirlarida tushirdingiz. Uni ertaroq qo‘ysangiz foydasi ko‘proq tegmasmidi?
- Ha, bir legionerimiz Qozog‘iston terma jamoasida to‘p suradi. Shu bois u bugun yo‘q edi. Asosiy tarkibda ikki nafar legionerni tushirdik. Zaxiradan maydonga tushgan yana bir legionerimizda esa jarohati bor edi. Uni ukol yordamida maydonga tushirishga majbur bo‘ldik.

- Siz o‘z vaqtida “Mash’al”da ishlagansiz. Hozirgi jamoa bilan o‘sha paytdagi jamoani farqi bormi?
- Oldingi “Mash’al” albatta kuchli bo‘lgan. Tarkibida yaxshi saviyadagi o‘yinchilar to‘p surardi. Talablar ham boshqacha edi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashardi. U paytlarda Ahmedov, Jeparov, Rivaldo, Kapadze, Geynrix singari o‘yinchilar to‘p surardi. Menimcha, hozirda O‘zbekiston chempionatining saviyasi tushgan. Buni faqat men gapirmayapman, natija ham ko‘rsatib turibdi. Klublarning chempionlar ligasidagi natijalari va terma jamoaning o‘yinlari hammasini aytib turibdi. Ilgari chempionlik uchun kurashadigan 3-4 ta jamoa bo‘lardi. Hozir birgina “Paxtakor”ni ajratib o‘tmoqchiman. Qolganlar – 2-o‘rindan tortib to oxirgi pog‘onadagi jamoalargacha bir xil deb o‘ylayman. Faqat qaysidir klublar moliyaviy tomondan baquvvat bo‘lishi mumkin, akademiyalari ham bor. Farq shunda deb bilaman.

- Bugun “Mash’al” o‘ynay olmadimi yoki o‘ynashni xohlamadimi?
- “Mash’al”ga qanday o‘ynash uchun bergan bo‘lsak, shunday o‘ynadi. Ko‘rdinglar, darvozamiz oldida hujumlar uyushtirdi. Bizga omad kulib boqdi va penaltidan gol urdik.

- Aleksandr Xomyakov bilan munosabatingizga bugungi o‘yin ta’sir ko‘rsatmadimi?
- Aleksandr Xomyakov mening qo‘l ostimda o‘ynagan. Qozog‘istonda to‘p surgan. “Spartak-Nalchik”da ham o‘ynagan. Uni shu yerga murabbiy sifatida olib kelganman. Andreyevich bilan munosabatim yaxshi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Kumikov: "Xomyakovni o‘zim olib kelganman"