12:06 / 23.11.2021
2 553

Sulsherning ketishiga Ronaldu aybdor(mi)?!

Sulsherning ketishiga Ronaldu aybdor(mi)?!
"Arsenal"ning sobiq hujumchisi Pol Merson "Manchester Yunayted"ning muvaffaqiyatsizliklarida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu aybdor degan fikrni bildirdi.

"Bu narsa Sulsher bilan sodir bo‘lganidan afsusdaman. Mavsum boshida uning rejasi bor edi. U uzoq vaqt Sanchoni so‘radi va unga erishdi, qolaversa Kavanining shartnomasi yana bir yilga uzaytirildi.

Ammo mavsum boshlanishidan oldin Sulsherga Ronaldu berildi. Shu sababli uning butun rejasi barbod bo‘ldi. Ronaldu "Manchester Yunayted"ni kuchaytirgani yo‘q. Jamoa u bilan qarshi hujumlarda o‘ynay olmadi. "Manchester Yunayted" Krishtianuni faqatgina "Manchester Siti"dan qiziqish bo‘layotgani uchun sotib olishga majbur bo‘ldi
”, - dedi Merson Sky Sports nashriga.

Joriy mavsumda 36 yoshli Ronaldu 14 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sulsherning ketishiga Ronaldu aybdor(mi)?!