8 073
Beeline abonentlari ijtimoiy tarmoqlaridagi shaxsiy akkauntlarini bepul SMSlar yordamida boshqarishlari mumkin
4 iyun 2015, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline Facebook, «Moy mir» va Twitter ijtimoiy tarmoqlarining servislarini SMS orqali, Internetga kirishdan qat’iy nazar boshqarish imkoniyati haqida eslatib o‘tadi.
«SMS orqali Tvitter» xizmatidan START so‘zi bilan SMSni 89338 raqamiga yuborgan holda, raqamni ro‘yhatdan o‘tkazgandan so‘ng foydalanish mumkin. Aktivasiyadan so‘ng abonent mikroblogdagi o‘zining akkauntini boshqarishi, xabarlar bilan yozishishi, tanlangan foydalanuvchilarning tvitlari bilan SMSlar, eslatmalar va shaxsiy xabarlar to‘g‘risida xabarnomalar olishi mumkin bo‘ladi.
«SMS orqali Facebook» xizmatini https://www.facebook.com/mobile/?settings manzili bo‘yicha o‘tgan holda faollashtirish mumkin, bu SMS-xabarnomalar ko‘rinishida qiziqarli voqealar haqida ma’lumotni olishga imkon yaratadi. Shu bilan birga, 32665 qisqa raqamiga SMS yuborish orqali o‘z shaxsiy maqomingizni yangilashingiz, “devorda” yozishingiz, shaxsiy xabarlarni va ko‘plab boshqa narsalarni yuborishingiz mumkin.
Mobil telefoningizga “Moy mir” ijtimoiy tarmog‘idagi yangi xabarlar va do‘stlaringizning gaplari haqidagi xabarnomalarni olishni va ularga javob berishni, “SMS-Moy [email protected] xabarnomasi” xizmatga ulangan tarzda SMS-xabarlar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun my.mail.ru ijtimoiy tarmog‘ining saytida ro‘yhatdan o‘tib, “Mening sozlashlarim” bo‘limida “Xabarnomalar” xizmatini topib, hamda u erda o‘zingizning telefon raqamingizni ko‘rsatishingiz zarur bo‘ladi. Ushbu xizmat doirasidagi barcha xabarnomalar, bir hafta davomida faol bo‘lgan manba ko‘rsatkichi aks etgan, oddiy SMS-xabarlar sifatida saqlanib turadi. Javob SMSlarni 7761 qisqa raqamiga yuborgan holda Shaxsiy xabarlarga javob berish mumkin.
Xizmatlarga ulanish bepul, kirish SMSlari uchun to‘lov olinmagandek, abonent to‘lovi ham olinmaydi. Chiqish SMSlarning qiymati – $0,02.
Batafsil ma’lumot quyidagi manzil bo‘yicha: mobile.beeline.uz/ru/main/services/index.wbp “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda