YouTube platformasi uzoq kutilgan yangilikni rasman e’lon qildi — endilikda barcha kontent yaratuvchilar videolariga bir nechta tilga dublyaj qo‘shishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.
Avval bu imkoniyat faqat mashhur blogerlar uchun test rejimida ochiq edi, endi esa u butun YouTube hamjamiyatiga taqdim etildi.
Foydalanuvchi endi bitta videoni bir nechta tillarda ovozli formatda tomosha qila oladi. Bu — subtitrdan farqli o‘laroq — to‘liq ovozli tarjima, ya’ni video boshqa tilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri “gapiradi”.
Yangi tizim orqali Creator Studio orqali videoga ovozli fayllar yuklanadi, tomoshabin esa istalgan vaqtda tilni almashtirishi mumkin bo‘ladi.
Bu yangilik YouTube kontentini boshqa bozorlarga chiqarish uchun katta eshik ochadi. Ayniqsa, til to‘sig‘i sababli ko‘plab ajoyib videolar tomoshabinsiz qolayotgan bir paytda, bu o‘z vaqtida qilingan qadam.
Endi YouTube yanada ko‘proq xalqaro, madaniyatlararo maydonga aylanmoqda. Siz qaysi kontentni ona tilingizda eshitishni xohlaysiz?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!