date

AQShda foydalanuvchilar ChatGPT ilovasini ommaviy o'chirmoqda

AQShda foydalanuvchilar ChatGPT ilovasini ommaviy o'chirmoqda

AQShda sun'iy intellekt sohasidagi yirik kompaniya OpenAI hamda Pentagon o'rtasidagi hamkorlik kelishuvi jiddiy noroziliklarga sabab bo'ldi. Ushbu xabardan so'ng amerikalik foydalanuvchilar o'z smartfonlaridan ChatGPT ilovasini ommaviy ravishda o'chira boshlashdi. TechCrunch ma'lumotlariga ko'ra, ilovani o'chirish ko'rsatkichi bir sutka ichida 295 foizga oshgan, bu esa odatdagi o'rtacha 9 foizlik ko'rsatkichdan ancha yuqoridir. Bu haqda mobile-review.com xabar beradi.

Vaziyatdan foydalangan holda, OpenAI'ning asosiy raqobatchisi bo'lgan Anthropic kompaniyasining Claude ilovasi mashhurlik cho'qqisiga chiqdi. Anthropic o'z texnologiyalarini harbiy maqsadlarda, xususan, kuzatuv yoki avtonom qurollar yaratishda ishlatmasligini e'lon qilgach, foydalanuvchilar oqimi keskin o'zgardi. Natijada Claude ilovasi AQShdagi App Store do'konida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.


Tahliliy platformalar ma'lumotlariga ko'ra, ChatGPT ilovasiga qo'yilayotgan past baholar soni ham bir necha barobar ko'paygan. Xususan, bir yulduzli sharhlar soni 775 foizga o'sgan, besh yulduzli baholar esa ikki barobarga qisqargan. Mutaxassislar ushbu holatni foydalanuvchilarning axloqiy va xavfsizlik nuqtai nazaridan sun'iy intellektning harbiy maqsadlarda qo'llanilishiga qarshi ekanligi bilan izohlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » AQShda foydalanuvchilar ChatGPT ilovasini ommaviy o'chirmoqda