LG kompaniyasi yangi Sound Suite tizimini taqdim etdi

LG Electronics kompaniyasi Janubiy Koreyada o'zining yangi flagman audio tizimi Sound Suite'ni keng jamoatchilikka ko'rsatdi. Ushbu majmua simsiz texnologiyalar yordamida xonada mukammal va hajmli tovush muhitini yaratishga mo'ljallangan. Tizim sport translyatsiyalari, kinofilmlar va musiqa ixlosmandlari uchun ajoyib yechim bo'lib, u to'rtta asosiy qurilmadan iborat. Markaziy boshqaruv vazifasini neyron tarmoqlar yordamida ishlovchi Soundbar H7 bajaradi, qo'shimcha M7 va M5 kolonkalari esa orqa kanallar vazifasini o'taydi. Past chastotalar uchun esa W7 sabvuferi javobgar.
Foydalanuvchilar tizimni 50 xil ko'rinishda moslashtirishlari mumkin. Eng yuqori komplektatsiyada 13.1.7 formatidagi ovoz tizimi hosil bo'ladi. Dolby Atmos FlexConnect texnologiyasi kolonkalarning xonadagi o'rnini avtomatik aniqlab, tovush parametrlarini moslaydi. Shuningdek, Sound Follow funksiyasi LG ThinQ ilovasi orqali tinglovchining joylashuvini kuzatib, tovushni aynan o'sha nuqtaga yo'naltiradi. Barcha hisob-kitoblar uchinchi avlod Alpha11 AI protsessori tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilmalar savdosi 2026 yil aprel oyida boshlanadi. Narxlarga to'xtaladigan bo'lsak, Soundbar H7 taxminan 12 million 500 ming so'm, W7 sabvuferi 7 million 700 ming so'm hamda M7 va M5 kolonkalari 5 million 300 ming so'm atrofida baholangan. Tizim Wi-Fi va Bluetooth orqali barqaror ishlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!