OnePlus ixcham flagman 15T modelini namoyish etdi

OnePlus kompaniyasi o'zining yangi ixcham flagmani 15T modeliga oid ilk renderlarni taqdim etdi. Yashil rangda namoyish etilgan ushbu smartfon o'zining zamonaviy dizayni va ilg'or texnik ko'rsatkichlari bilan texnologiya ixlosmandlari e'tiborini tortmoqda. Bu haqda rozetked.me xabar beradi.
Qurilma 6,32 dyuymli ixcham displey bilan jihozlangan bo'lib, ekran atrofidagi ramkalar juda yupqaligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramay, ishlab chiqaruvchilar smartfonga 7500 mАch sig'imli akkumulyatorni joylashtirishga muvaffaq bo'lishgan. Shuningdek, qurilma 100 Vt quvvatli simli va 50 Vt quvvatli simsiz quvvatlash texnologiyalarini qo'llab-quvvatlaydi.
Smartfon yuragi sifatida Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori tanlangan. Qurilma IP69K standarti bo'yicha chang va suvdan maksimal darajada himoyalangan. Shuningdek, model periskop kamera va turli magnit aksessuarlar, jumladan, sovutgichlar hamda g'iloflar bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozircha bu funksiya Qi 2.2 standarti asosidami yoki kompaniyaning shaxsiy texnologiyasimi, bu borada aniq ma'lumot yo'q.
OnePlus 15T smartfonining rasmiy taqdimoti yaqin haftalar ichida bo'lib o'tishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!