AQShda YTH: O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi

Shu yilning 10 mart kuni Nyu York shahrida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Komilova halok bo‘ldi.
Bu haqda O‘zbekistonning Nyu Yorkdagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Nyu York shahar Transport departamentiga tegishli yuk avtomobili ishtirokida yuz bergan. Hodisa natijasida Nilufar Komilova hayotdan ko‘z yumgan.
Bosh konsulxona marhumaning oilasi bilan muntazam aloqada bo‘lib, zarur konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan. Konsulxona hodisa tafsilotlarini o‘rganib, marhumaning yaqinlariga barcha zarur yordamni yetkazish choralarini ko‘rmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing