07:01 / 29.09.2018
4 942

Quyosh energiyasini toza yoqilgʻiga aylantiruvchi nanokristallar aniqlandi

Quyosh energiyasini toza yoqilgʻiga aylantiruvchi nanokristallar aniqlandi
Avstraliyaning “Curtin” universiteti olimlari quyosh energiyasini vodorod kabi toza yoqilgʻiga aylantiradigan katalizator vazifasini oʻtovchi nanokristallarni aniqladi, deya maʼlum qiladi “Xabar” nashri.

Bu kristallar tarkibida zaharli moddalar yoʻq. Tadqiqot guruhi rahbari Goxua Szyaning maʼlum qilishicha, quyosh nuridan energiya olish va bu energiyani vodorodga oʻxshash toza yoqilgʻiga aylantirishda ishlatiladigan katalizatorlarda platina, iridiy va ruteniy kabi ogʻir metallar bilan kadmiy kabi yarimoʻtkazgichlarga ehtiyoj sezilgan. Aytilishicha, kadmiy oʻta zaharli, platina, iridiy va ruteniy esa juda qimmat. Nano kristalli yangi usul arzon va zararsiz boʻlib, uni turli sohalarda qoʻllash mumkin. Ammo gap aynan qaysi kristallar haqida ketayotgani maʼlum qilinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Quyosh energiyasini toza yoqilgʻiga aylantiruvchi nanokristallar aniqlandi