08:00 / 18.04.2020
2 177

AQSH koronavirus yuqtirganlarni aniqlash uchun Xitoydan “aqlli” ko‘zoynaklar sotib oladi

AQSH koronavirus yuqtirganlarni aniqlash uchun Xitoydan “aqlli” ko‘zoynaklar sotib oladi
Foto: Rokid
Ko‘zoynakka Qualcomm protsessori, foto va videotasvirlarni ovozli boshqaruv yordamida yozib olish uchun 12 megapikselli kamera o‘rnatilgan.
Xitoyning Rokid startapi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish texnologiyalari ishlab chiqqan boshqa kompaniyalar qatorida mashhurlikka erishdi.

Endilikda Rokid xalqaro bozorga chiqmoqda va AQSHdagi qator kompaniyalar bilan T1 ko‘zoynaklari sotuvi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi TechCrunch.

Rokid rahbari Guan Lyanning so‘zlariga ko‘ra, T1 ko‘zoynaklari infraqizil uzatgichlar bilan jihozlangan. Ular ikki daqiqa ichida 200 kishining haroratini uch metr masofadan o‘lchay oladi. Ko‘zoynakka Qualcomm protsessori, foto va videotasvirlarni ovozli boshqaruv yordamida yozib olish uchun 12 megapikselli kamera o‘rnatilgan. T1 ko‘zoynaklari Xitoydagi qator maktablar va parklarda qo‘llanilmoqda.

Foto: Rokid

Foto: Rokid
Xitoy startapi AQSHdagi kasalxonalar, huquqni muhofaza qilish organlari va xususiy kompaniyalar bilan B2B-savdolari borasida muzokara olib bormoqda.
T1 texnologiyasi harorat o‘lchash bilan birga, qiyofani tanish va ma’lumotlarni boshqarish texnologiyasini ham qo‘shish imkoniyatini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSH koronavirus yuqtirganlarni aniqlash uchun Xitoydan “aqlli” ko‘zoynaklar sotib oladi