22:00 / 08.05.2020
2 952

iPhone 11 dunyodagi eng ommabop smartfon bo‘ldi

iPhone 11 dunyodagi eng ommabop smartfon bo‘ldi
Chorak yakunlariga ko‘ra, iPhone 11 dunyodagi eng ommabop smartfon bo‘ldi, deb xabar berdi «Hi-Tech.Mail.ru».
Uch oyda qariyb 20 millionta iPhone 11 smartfoni sotilgan.

Shuningdek, yana ikkita iPhone o‘ntalikka kirgan. Foydalanuvchilar eng ko‘p xarid qilgan smartfonlar orasida uchta Xiaomi va to‘rtta Samsung Galaxy ham bor.
Dunyodagi eng ommabop smartfonlar quyidagilar:
1. iPhone 11;
2. Redmi Note 8/8T;
3. Galaxy A51;
4. Galaxy A10s;
5. Redmi Note 8 Pro;
6. iPhone 11 Pro Max;
7. Galaxy A20s;
8. Galaxy A01;
9. Redmi 8A;
10. iPhone 11 Pro.

Ro‘yxatga Apple’ning narxi birmuncha yuqori hamda Samsung va Xiaomi’ning hamyonbop modellari kiritildi.
Apple smartfonlari orasida eng arzon narxga ega bo‘lgan iPhone SE ro‘yxatga kiritilmagan. Uning qanday sotilayotgani ikkinchi va uchinchi choraklarda ma’lum bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 11 dunyodagi eng ommabop smartfon bo‘ldi