12:30 / 08.01.2021
1 857

Bitkoin qiymati 40 ming dollardan oshdi

Bitkoin qiymati 40 ming dollardan oshdi
Kecha, payshanba kungi savdolarda bitkoin 40 ming dollardan qimmatlashdi. Bu haqda «CoinDesk» portali ma’lumotlari shohidlik beradi.
Shu tarzda kriptovalyuta qiymati tarixiy maksimumgacha yangilandi. Bitkoin narxi 8,5 foizga o‘sib, eng yuqori cho‘qqisida 40 013 dollarni tashkil etgan.

7 yanvarga o‘tar kechasi, Vashington (AQSH)dagi tartibsizliklar fonida, bitkoin rekordi 36 470 dollargacha chiqqandi. Tongda rekord yana bir marta yangilanib, 37 168 dollargacha ko‘tarilgan.

2020 yilning dekabr oyida jahon bo‘yicha taxminan 19 millionta bitkoin mavjudligi aniqlangandi, 2021 yilda ko‘rsatkich 21 millionga yetishi kutilmoqda. Talab taklifdan oshib borayotgani bois, kriptovalyuta qimmatlashda davom etadi. Shuning barobarida unutilgan parollar, mayning mashinalaridagi buzilishlar oqibatida uch milliondan besh milliongacha bitkoin yo‘qotilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bitkoin qiymati 40 ming dollardan oshdi