
25-oktabr kuni Toshkent shahrida «Erta tashxis – hayotni saqlaydi» forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoniga qarshi kurash oyligi doirasida tashkil etildi.
Forumda 500 ga yaqin ishtirokchi, jumladan, onkolog-shifokorlar, ginekologlar, tibbiyot sohasi mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar va biznes vakillari, shuningdek, onkologik kasalliklar bilan to‘qnash kelgan ayollar qatnashdi. Tadbir O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) va Yandex Uzbekistan ko‘magida tashkil etildi.
Oktabr oyi davomida kampaniya doirasida bepul skrininglar, universitetlarda ma’ruzalar, jurnalistlar uchun treninglar va Korzinka, Safia, Bon, Kimmy Lab, O‘zbechka kabi tashkilotlar ishtirokida ma’lumot tarqatish aksiyalari o‘tkazildi. Shu bilan birga, mamlakatning turli hududlariga beshta yangi mammograf yetkazib berildi va o‘zbek shifokorlaridan iborat guruh AQShda ko‘krak bezi saratonini davolashda jamoaviy yondashuvni o‘rganish uchun malaka oshirishga tayyorlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar