date

Dunyoda bezgakka chalinish va undan o‘lim holatlari yana ortmoqda

Dunyoda bezgakka chalinish va undan o‘lim holatlari yana ortmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, dunyoda bezgakka chalinish va undan o‘lim holatlari yana ortmoqda.

2024 yilda 282 million kishi bezgakka duchor bo‘lgan — bu avvalgi yilga nisbatan 9 millionga ko‘p. Kasallik oqibatida 610 ming bemor hayotdan ko‘z yumgan bo‘lib, o‘tgan yilga qaraganda o‘limlar soni 12 ming nafarga oshgan.

Kasallik eng ko‘p qayerda tarqalmoqda?

Epidemiya asosan Afrikaning 11 davlatida qayd etilgan. Bezgakdan vafot etganlarning uchdan ikki qismi aynan shu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi.

Nega dori vositalari bo‘lsa-da, vaziyat og‘irlashmoqda?

Hozirgi kunda bezgakka qarshi samarali dorilar, profilaktika usullari va hatto ikki xil yangi vaksina mavjud bo‘lsa-da, JSSTning aytishicha, muammo boshqacha:

  • Xalqaro moliyalashtirish yetarli emas.
  • Ko‘plab davlatlar profilaktika va emlash dasturlarini keng qamrovda joriy eta olmayapti.

Mutaxassislar vaksinatsiya orqali har yili o‘n minglab bolalarning hayotini saqlab qolish mumkinligini ta’kidlamoqda.

JSST davlatlarni choralar ko‘rishga chaqirmoqda

Tashkilot barcha mamlakatlarni:

  • bezgakka qarshi kurashga qo‘shimcha mablag‘ ajratish,
  • emlash dasturlarini kengaytirish,
  • profilaktikani kuchaytirishga chaqirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » Dunyoda bezgakka chalinish va undan o‘lim holatlari yana ortmoqda