date

Elektron sigaretalar yurak xuruji xavfini keskin oshiradi

Elektron sigaretalar yurak xuruji xavfini keskin oshiradi

Elektron sigaretalar (veyp) inson salomatligi uchun kutilganidan ancha xavfli ekani yana bir bor isbotlandi. News Medical xabar berishicha, so‘nggi ilmiy izlanishlar elektron sigareta iste’moli miokard infarkti — yurak xuruji yuz berish ehtimolini jiddiy darajada kuchaytirishini ko‘rsatgan.

BMC Public Health jurnalida e’lon qilingan ushbu keng qamrovli tadqiqotda veyp foydalanishi bilan yurak xuruji va insult xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlik atroflicha o‘rganilgan. Olimlar avvalgi yillarda o‘tkazilgan 12 ta ilmiy ishni tahlil qilib, 430 875 nafar ishtirokchi yurak xuruji xavfi uchun, 1 milliondan ziyod kishi esa insult tahlili uchun qamrab olingan.

Yurak xuruji xavfi 53 foizga yuqori

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, elektron sigareta chekish odatidan voz kechmaganlar yurak xurujiga duch kelish ehtimolini 53 foizga oshirib yuboradi. Eng tashvishlisi — oddiy sigaretadan elektron sigaretaga o‘tganlarda xavf yanada yuqori ekani ma’lum bo‘lgan.

Mutaxassislar aytishicha, avval chekib, keyin veypga o‘tgan sobiq chekib yuruvchilarda insult xavfi umuman tamaki mahsulotlari iste’mol qilmaganlarga nisbatan 73 foizga yuqori bo‘lgan. Bu esa elektron sigaretalarni “bexavf” yoki “zarari kam” mahsulot sifatida qabul qilish mutlaqo xato ekanini anglatadi.

Nima uchun veyp jiddiy xavf soladi?

Davlatlar va tibbiy tizimlar oddiy sigaret chekishni ularning yurak-qon tomir tizimiga ko‘rsatadigan kuchli zarari tufayli uzoq yillardan beri asosiy xavf omili sifatida qayd etib keladi. Tamaki sanoati esa shu orqali elektron nikotin yetkazib berish qurilmalarini “chekuvchilar uchun yengilroq variant” sifatida bozorga taklif qildi.

Biroq bu qurilmalardagi suyuqliklar — nikotin, propilen glikol, o‘simlik glitserini va turli aromatizatorlar qizdirilganda xavfli moddalar hosil qiladi. Propilen glikolning qizdirilishi natijasida yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin bo‘lgan reaktiv birikmalar, xususan, aldegidlar ajralib chiqishi ta’kidlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » Elektron sigaretalar yurak xuruji xavfini keskin oshiradi

Ko'p o'qilgan Salomatlik yangiliklari