Smartfonni erta ishlatgan bolalarda xavflar keskin ortmoqda

1 daqiqa o'qish306
Smartfonni erta ishlatgan bolalarda xavflar keskin ortmoqda

Amerikalik olimlar navbatdagi muhim tadqiqot orqali zamonaviy texnologiyalar va yosh avlod salomatligi o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikni yana bir bor yoritdi. Ijtimoiy tarmoqlar, mobil o‘yinlar va turli ilovalarga boy smartfonlar hayotning bir qismiga aylangani sir emas. Ammo bu gadjetlar o‘smirlar sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilishini aniqlash har qachongidan dolzarb.

Pediatrics jurnalida chop etilgan keng qamrovli tahlilda 21 ta ilmiy ishdan jamlangan 10 588 nafar o‘smirning ma’lumotlari o‘rganildi. Natijalar esa juda jiddiy xulosalarni ko‘rsatdi: smartfondan muntazam foydalanishni 12 yoshdan boshlagan o‘smirlarda depressiyaga moyillik 30 foizga, ortiqcha vazn rivojlanishi 40 foizga va uyqusizlik ehtimoli 60 foizga oshgan.

Albatta, tadqiqot smartfonlar aynan ushbu muammolarga sabab bo‘lganini qat’iy isbotlamaydi. Biroq, oldingi izlanishlar ham shu tendensiyani tasdiqlagan: gadjetga qattiq berilib ketgan o‘smirlar kamroq harakat qiladi, do‘stlari bilan ochiq muloqotlar kamayadi, kechqurun uyqu rejimi izdan chiqadi. Buning barchasi sog‘liq uchun jiddiy xavf.

Olimlar yana bir qiziq jihatni qayd etdi: smartfondan foydalanish «muammoli» deb baholanmagan holatlarda ham boladagi salbiy o‘zgarishlar erta namoyon bo‘ladi. Ya’ni bola gadjetga qay darajada bog‘langanidan qat’i nazar, telefon qancha erta berilsa, 12 yoshga kelib uning uyqusizlikka duchor bo‘lishi yoki semirishga moyilligi shuncha yuqori bo‘ladi.

Shu bilan birga, tadqiqotchilar o‘smirlar smartfonda nima qilib vaqt o‘tkazgani haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lmagan — o‘yinmi, ijtimoiy tarmoqlarmi yoki ta’limiy platformalarmi. Ammo ularning fikri aniq: smartfonni to‘liq taqiqlash yechim emas. Aksincha, bolalar va o‘smirlar uchun to‘g‘ri yo‘riqnomalar, nazoratga asoslangan qoidalar va telefondan foydalanishni yo‘lga qo‘yadigan tavsiyalar zarur.

Mutaxassislar yanada kengroq tadqiqotlar o‘tkazishni taklif qilmoqda. Ularga ko‘ra, bolaga smartfon berish uchun eng maqbul yosh, qaysi turdagi telefonlar xavfsizroq ekani va foydalanishning qaysi me’yorlari sog‘liqka ziyon yetkazmasligi haqida aniq qoidalar ishlab chiqilishi kerak.

Hozirgi tezkor hayotda gadjetlardan qochib bo‘lmaydi. Lekin ulardan foydalanish madaniyatini bolalikdan shakllantirish — kelajak avlod salomatligini asrashda eng muhim vositalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?