Ruminiyada 40 yildan keyin moxov kasalligi aniqlandi

1 daqiqa o'qish275
Ruminiyada 40 yildan keyin moxov kasalligi aniqlandi

Ruminiyada qirq yildan ortiq tanaffusdan so‘ng moxov kasalligi yana qayd etildi. Mamlakatda ushbu kasallik ikki nafar shaxsda aniqlangani rasman tasdiqlandi.

Ruminiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Reuters va European Pravda axborotlariga ko‘ra, shimoli-g‘arbiy Kluj shahrida joylashgan kurortda faoliyat yurituvchi 21 va 25 yoshli ikki massajchiga moxov kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Hozirda ular shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda. Shu bilan birga, yana ikki nafar shaxs ehtimoliy yuqish holatini istisno etish maqsadida tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri A. Rogobete bu vaziyat bo‘yicha izoh berib, aholini xotirjam bo‘lishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, moxov kasalligi oson yuqmaydi va uni yuqtirish uchun uzoq muddatli hamda yaqin aloqa zarur. Vazir, shuningdek, bemorlardan birining yaqinda Osiyo davlatlaridan qaytganini, u yerda esa bir oy davomida kasalxonada davolangan onasi bilan birga bo‘lganini ma’lum qildi.

Hodisa yuzasidan barcha holatlarga oydinlik kiritilgunga qadar kurort faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Qayd etilishicha, Ruminiyada moxov kasalligi bo‘yicha oxirgi rasmiy tasdiqlangan holat bundan 44 yil avval kuzatilgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?