2016 yil 12 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev raisligida Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Diydoraziz.uz" sayti yozmoqda.
Majlisda qayd etib o‘tildiki, soliq siyosati konsepsiyasida nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi kelgusi yilda mamlakat iqtisodiyotiga soliq yukini yanada kamaytirishni ta’minlaydi.
Hamda majlisda 2017 yilgi Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy parametrlariga alohida e’tibor qaratildi. Ishlab chiqilgan Davlat byudjeti loyihasida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishga qariyb 60 foiz mablag‘lar ajratilishi ushbu loyihada yuqori ijtimoiy yo‘naltirilganlik saqlanib qolgani qayd etib o‘tildi. Kelgusi yilda byudjet sohasi xodimlari ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar miqdorlarini yanada oshirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnik bazasi va jihozlanganligini mustahkamlashga oid ishlarni davom ettirish nazarda tutilmoqda.
Respublika Hukumati majlisidagi muhokamalar natijalari bo‘yicha 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi, soliq va byudjet siyosati konsepsiyalari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining hamda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihalari ma’qullandi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga ko‘rib chiqish uchun yuborishga qaror qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi