7 943
Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘an 3 soatga yaqin vaqt davomida yuzma-yuz muloqot qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Samarqandda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar tarqatmoqda kun.uz.
Anado‘lu agentligi xabariga ko‘ra, siyosatchilarning prezident qarorgohida yuzma-yuz muloqoti 2 soatu 40 daqiqa davom etgan.
Bundan oldinroq O‘zbekiston TIV bo‘lajak uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi haqida xabar bergandi.
Shundan so‘ng rahbarlar Turkiya va O‘zbekiston delegasiyalari ishtirokidagi rasmiy tushlikda bo‘lishgan.
Turkiya prezidentiga safar davomida bosh vazir o‘rinbosarlari Veysi Kaynak va Turg‘ul Turkesh, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi hamda energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak hamrohlik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi