Rossiya davlat dumasi delegasiyasi kuzatuvchilariga rahbarlik qilgan xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mita rahbari Leonid Sluskiyning hisoblashicha, O‘zbekistondagi prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyevning g‘alabasi Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari hamkorlik va qalin qo‘shnichilik ruhida saqlanib qolishini ta’minlaydi. Bu haqda «Kun» nashri xabar tarqatmoqda.
«Mirziyoyev uzoq yillar davomida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov jamoasida ishlagan. Ishonch bilan aytishim mumkinki, u prezident bo‘lib saylangach, ichki va tashqi siyosatda Karimov tomonidan yo‘lga qo‘yilgan siyosatni davom ettiradi», — degan Sluskiy.
Sluskiy O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi davomida «saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jiddiy qoida buzilish holatlari kuzatilmagani» haqida qo‘shimcha qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi