8 280
Shavkat Mirziyoyev qonunni buzgan milisionerlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qildi
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qonunni buzgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning xodimlariga qat’iy chora ko‘rilishini aytib o‘tdi. Bu haqda u O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ma’lum qilgan.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zlari tomonidan qonunni buzish bilan bog‘liq har qanday holatga prinsipial baho beriladi va qat’iy chora ko‘riladi.
“Bunga hech kimda shubha bo‘lmasligi kerak”, - ta’kidlab o‘tdi Mirziyoyev.
Shuningdek, saylangan Prezidentning aytishicha, huquqni muhofaza qilish faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash uchun fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan samarali hamkorlik keng yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi