O‘zbekiston hukumati 2017 yilning 1 yanvaridan jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga beriladigan turar joy va noturar inshootlar ijara to‘lovining asosiy o‘lchamlarini belgilab berdi. Bu haqida Kun.uz sayti xabar berdi.
Ijara to‘lovining asosiy o‘lchamlari O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq belgilandi.
2017 yilda noturar joy ijarasining minimal stavkasi 1 kvadrat metr uchun Toshkent shahrida 9 ming so‘m qilib (2016 yilda - 6 ming so‘m) belgilandi, Nukus shahri va viloyatlar tasarrufidagi shaharlarda - 6 ming so‘m (4 ming so‘m), boshqa aholi punktlarida esa - 3 ming so‘m (2 ming so‘m) darajasida belgilandi.
Turar joy ijarasining minimal stavkasi 1 kvadrat metr uchun bir oyga Toshkent shahrida - 4,5 ming so‘m (3 ming so‘m), Nukus va viloyatlar tasarrufidagi shaharlarda - 3 ming so‘m (2 ming so‘m) va boshqa aholi punktlarida - 1,5 ming so‘m (ming so‘m) darajasida belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda